12:10 / 27.01.2019
3 525

Pompeo: "AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishga qat’iy istak bildirmoqda"

Pompeo: "AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishga qat’iy istak bildirmoqda"
AQSh davlat kotibi Mayk
Pompeo
AQSh Afg‘onistonda tinchlikka erishish va u yerdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga jiddiy istak bildirayotganini ma’lum qildi.

“AQSh tinchlikka erishishga, Afg‘oniston xalqaro terrorchilik uchun makon bo‘lib qoladigan vaziyatning oldini olish va qurolli kuchlarini uyga qaytarishga qat’iy istak bildirmoqda”, deb yozgan Pompeo tvitterda.

Pompeo AQSh Afg‘onistonning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashga intilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zolmoy Xalilzod AQSh “Tolibon” bilan muzokaralarda muhim masalalar bo‘yicha sezilarli ilgarilashga erishganini ma’lum qilgan. U AQSh toliblar bilan muzokaralarni yaqin orada yana davom ettirishini ta’kidlab o‘tgan.

21 yanvarda Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” va AQSh bilan ikki tomonlama muzokaralarning yangi raundi boshlandi.

“Dohadagi 6 kundan keyin Afg‘onistonga maslahatlashuvlar uchun yo‘l olmoqdaman. Uchrashuv avvalgilarga qaraganda sermahsul bo‘ldi. Biz muhim masalalar bo‘yicha katta ilgarilashga erishdik. Bizda hali ishlanishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar qoldi”, deb yozgan Xalilzod tvitterda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pompeo: "AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishga qat’iy istak bildirmoqda"