13:25 / 27.01.2019
4 000

Turkiya aeroportida quyun yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni ag‘darib yubordi (video)

Turkiya aeroportida quyun yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni ag‘darib yubordi (video)
Turkiyaning Antalya shahrida quyun yo‘lovchilarni aeroport binosidan samolyotga olib ketayotgan avtobusni ag‘darib yubordi. Bu haqda Daily Sabah gazetasi xabar berdi.

Quyun shuningdek, yana bir avtobus, miniven va ikkita trapni ag‘darib tashlagan. Bundan tashqari, ikki samolyot va politsiya vertolyotiga shikast yetgan. Hodisa natijasida 12 kishi jarohatlangan.

Antalyada keyingi to‘rt kun ichida beshinchi marta quyun sodir bo‘ldi. Hukumat kuchli shamol ortda qolganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya aeroportida quyun yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni ag‘darib yubordi (video)