18:10 / 27.01.2019
3 510

Maduro Yevropa davlatlarini saylov haqidagi ultimatumdan voz kechishga chaqirdi

Maduro Yevropa davlatlarini saylov haqidagi ultimatumdan voz kechishga chaqirdi
Yevropa davlatlari Venesuelada sakkiz kun ichida saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi ultimatumdan voz kechishlari kerak.
Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Turkiyaning CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

"Yevropa Venesuelaga nisbatan yana xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Ular 200 yillik erkinligimizga qaramasdan, tariximizni inkor etishmoqda. Ozodligimizdan faxrlanamiz, tomirlarimizda bizni ozod etganlar qoni oqadi. Ular o‘z ultimatumlaridan voz kechishlari kerak, bizga hech kim ultimatum qo‘ya olmaydi", dedi Maduro.

Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonotida agarda yaqin kunlar ichida Venesuelada prezident saylovi bo‘lib o‘tishi haqida e’lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olishi ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maduro Yevropa davlatlarini saylov haqidagi ultimatumdan voz kechishga chaqirdi