08:13 / 28.01.2019
3 591

Olmaotada avtomobillardan o‘g‘irlik​ qiluvchi 39 ta guruh ushlandi

Olmaotada avtomobillardan o‘g‘irlik​ qiluvchi 39 ta guruh ushlandi
Foto: «Newtimes.kz»
Olmaota politsiyachilari o‘tgan yil davomida avtomobillardan o‘g‘irlik bilan shug‘ullanuvchi 39 ta guruhni fosh etdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Politsiyaga ko‘ra, jami 85 kishi qo‘lga olingan. Ular hodisalar izidan, shuningdek, tezkor-tergov harakatlari natijasida ushlangan.
Avtomobillardan o‘g‘irliklar asosan hech qanday himoya vositalariga ega bo‘lmagan mashinalarda amalga oshirilishi kuzatilmoqda.

Statistika ma’lumotlarida qayd etilishicha, 2018 yil mobaynida Olmaotada talonchilikni kasb qilgan 124, bosqinchilik bilan shug‘ullangan 49 ta, avtoo‘g‘irliklar sodir etgan 39, kvartiralarda o‘g‘irliklar amalga oshirgan 27, mashinalarni olib qochishga ixtisoslashgan 16 ta guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaotada avtomobillardan o‘g‘irlik​ qiluvchi 39 ta guruh ushlandi