14:44 / 28.01.2019
4 673

Kanadada 50 ta mashina to‘qnashib ketdi, odamlar esa xokkey o‘ynashmoqda (video)

Kanadada 50 ta mashina to‘qnashib ketdi, odamlar esa xokkey o‘ynashmoqda (video)
Foto: «Focus»
Kecha, 27 yanvar kuni Kanadaning Monreal shahridan uncha uzoq bo‘lmagan katta yo‘lda 50 ga yaqin mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy «CTV News» telekanaliga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Yengil jarohat olgan bir necha kishi kasalxonalarga olib ketilgan. Yo‘l bir necha soatga, politsiya va maxsus xizmatlar pachoqlangan mashinalarni olib ketguniga qadar to‘silib qoldi.

Ba’zi birovlar mashinalarini tashlab yaqin-atrofdagi yonilg‘i quyish shoxobchalariga piyoda yo‘l oldi. Ayrimlar esa «vaqtni o‘ldirish uchun» shundoqqina yo‘lning o‘zida xokkey o‘ynashga tushdi.

Katta avariyaga izg‘irin va yo‘lning muzlashi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadada 50 ta mashina to‘qnashib ketdi, odamlar esa xokkey o‘ynashmoqda (video)