00:10 / 29.01.2019
4 700

Suriyada Rossiya va Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi kuchlar oʻrtasida nizo chiqdi

Suriyada Rossiya va Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi kuchlar oʻrtasida nizo chiqdi
Suriyada Bashar Asadning Rossiya va Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi ittifoqdoshlari oʻrtasida toʻqnashuv chiqdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi Suriyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Suriya armiyasining Rossiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi nufuzli tuzilmasi “Yoʻlbars kuchlari”ning 5-brigadasi va Bashar Asadning kichik ukasi Mohir Asad qoʻmondonligi ostidagi 4-diviziya oʻrtasida nizo chiqqan.

Ayni vaqtda ikki kuchlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar Hamo viloyatining bir qator aholi punktlarida davom etmoqda. Oqibatda qurbonlar va yaralanganlar bor, ularning aniq soni maʼlum qilinmagan. Toʻqnashuvlar davomida ogʻir qurollar, jumladan tanklar qoʻllangan.

Taʼkidlanishicha, ixtilofning avj olishi hududda Eronning taʼsirini kamaytirishga urinish bilan bogʻlangan.

Rossiya Eron va Turkiya bilan Suriyadagi ixtilofni tinchlik yoʻli bilan hal qilishda kafil davlatlar hisoblanadi. Eron kuchlari Suriyada hukumat qoʻshinlariga jangarilarga qarshi kurashishda koʻmak koʻrsatadi. Isroil va AQSH esa Eronning Suriyadan ketishini talab qilib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada Rossiya va Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi kuchlar oʻrtasida nizo chiqdi