10:20 / 29.01.2019
4 987

Moskvadan Venesuelaga boʻsh charter samolyoti uchib ketgani maʼlum qilindi (foto)

Moskvadan Venesuelaga boʻsh charter samolyoti uchib ketgani maʼlum qilindi (foto)
29 yanvar kunduzi Moskvadagi “Vnukovo” aeroportidan Nordwind Airlines aviakompaniyasining 9801-raqamli charter reysini amalga oshiruvchi “Boing 777” samolyoti Venesuelaga uchgan. Maʼlum qilinishicha, yoʻlovchi samolyoti boʻsh boʻlgan. Bundan avval u Tailandda boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, samolyotda ikkita ekipaj bor: agar ortga parvoz hordiqsiz rejalashtirilsa, odatda shunday yoʻl tutiladi.

Flightradar24 maʼlumotlariga koʻra, samolyotning Karakasga mahalliy vaqt bilan soat 20.10da kelishi kutilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Rossiyadan Venesuelaga guruhli sayyohlik turlari sotilmaydi. Shuningdek, Lotin Amerikasi davlatidan sayyohlar, diplomatik korpus yoki savdo xodimlarining ommaviy evakuatsiya qilinishi eʼlon qilinmagan. Aviakompaniya avval Venesuelaga bunday parvozlarni amalga oshirmagan. OAVda taʼkidlanishicha, samolyot 500 kishidan iborat guruhni olib chiqib keta oladi.

Hozirda Venesuelada siyosiy beqarorlik yuz bermoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadan Venesuelaga boʻsh charter samolyoti uchib ketgani maʼlum qilindi (foto)