19:50 / 29.01.2019
4 287

Rossiya AQSHni Venesueladagi hokimiyatni agʻdarishda aybladi

Rossiya AQSHni Venesueladagi hokimiyatni agʻdarishda aybladi
Qoʻshma Shtatlar Venesueladagi qonuniy hokimiyatni ochiqdan-ochiq agʻdarib tashlashga harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi, deya xabar tarqatdi Kun.uz nashri.

“Bizni AQSH va uning eng yaqin ittifoqchilari Venesuelaga nisbatan qanday ish tutayotgani bezovta qilmoqda, ular xalqaro huquqning barcha qoidalarini ochiqchasiga buzishmoqda”, - dedi vazirlik rahbari. Uning qoʻshimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat inqiroz konstitutsiyaga qarshi uslublar orqali hal qilinishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.

28 yanvar kuni Moskva OAVning Rossiya tomoni Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qoʻriqlash xodimlari bilan taʼminlab bergani haqidagi xabarlarini rad etdi. Undan bir kun oldin, Rossiyadan Venesuelaga 400 nafar jangchi yuborilgani borasidagi maʼlumot ham rad etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya AQSHni Venesueladagi hokimiyatni agʻdarishda aybladi