06:57 / 30.01.2019
4 832

BAAda nigeriyalik ayollar oʻzbekistonlik sayyohni tunab ketishdi

BAAda nigeriyalik ayollar oʻzbekistonlik sayyohni tunab ketishdi
BAAda nigeriyalik besh nafar ayol oʻzbekistonlik sayyohning 1200 dollar pulini oʻgʻirlab ketishdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

“Dubayda 28 yoshdan 33 yoshgacha boʻlgan nigeriyalik besh nafar ayol oʻzlarini massajchi sifatida tanishtirib oʻzbekistonlik sayyoh yashayotgan xonadonga kelishgan. Ular sayyohni yechintirib suratga tushirishgan, soʻngra tahdid qilib 1200 dollar pulini olib ketishgan”, deb yozadi nashr.

Nashrning bildirishicha, sayyoh ilgari massaj seanslariga borib turgan boʻlib, ayollarning tashrif qogʻozini olgan va ular bilan WhatsApp orqali aloqaga chiqqan.

“Ayollar xonadonimga bostirib kirishdi va eshikni qulflab olishdi. Ular menga hujum qilib, kiyimlarimni yechib olishdi. Meni oʻldirish bilan tahdid qilishib pullarimni olib ketishdi”, degan u politsiyaga.
Ayollar qoʻlga olingan va sudda aybsiz deb topilib ozodlikka chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda nigeriyalik ayollar oʻzbekistonlik sayyohni tunab ketishdi