Venesuela oliy sudi Guaydoga mamlakatni tark etishni taqiqladi va hisoblarini bloklab qo‘ydi

  • 30 yanvar 2019, 11:25
  • 1 839
  • Dunyo
  • Venesuela oliy sudi Guaydoga mamlakatni tark etishni taqiqladi va hisoblarini bloklab qo‘ydi
    Venesuela oliy sudi mamlakat muxolifati yetakchisi va o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaydoga mamlakatdan chiqishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.

    Bundan tashqari, sud qarori bilan Guaydoning hisobraqamlari bloklab qo‘yilgan va mol-mulki bilan har qanday tranzaksiya taqiqlangan.
    Shu bilan birga sud Guaydoni deputatlik daxlsizligidan mahrum qilmagan.

    » » Venesuela oliy sudi Guaydoga mamlakatni tark etishni taqiqladi va hisoblarini bloklab qo‘ydi