18:14 / 30.01.2019
5 968

Qozog‘iston prezidenti moliya vazirining "joyi"ni ko‘rsatib qo‘ydi

Qozog‘iston prezidenti moliya vazirining "joyi"ni ko‘rsatib qo‘ydi
Foto: «Tengrinews.kz»
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga hukumat yig‘ilishi qatnashchilarining stol atrofida o‘tirishi yoqmadi. Bu haqda «Tengrinews.kz»ga tayanib "Xabar" nashri yozmoqda.

«Moliya vazirining joyi, — dedi Nazarboyev Alixan Smailovni ko‘rsatib, — stolning oxirida emas. Uning joyi bosh vazir o‘rinbosarining yonida. Moliya vaziri bosh vazirning o‘rinbosari».

«Qarang, — dedi prezident bosh vazir Bakitjan Sagintayevga, — uni qayerga o‘tqazdingiz? Protokolni kim tayyorlagan? Turingda buyoqqa keling. Hammangiz Kojamjarov (Qozog‘iston bosh prokurori)dan boshlab bitta-bitta suriling. Mana uning joyi. Shunday munosabat uchun ham moliyamiz oqsayapti.

Alixan Smailov. Foto: «Tengrinews.kz»

Prezident, shuningdek, vazirlarni import kostyumlardan voz kechishga chaqirdi.

«Shu yerda o‘tirgan hamma o‘zimizda tikilgan kostyumlarni kiyishimiz kerak — nimasi yomon, o‘zimizniki ham teshib chiqmaydi», — Nazarboyevning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «RIA Novosti».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti moliya vazirining "joyi"ni ko‘rsatib qo‘ydi