30 yanvarda AQShning katta qismida sovuq harorat o‘rnatildi. Jumladan, Chikagoda kuzatuvlar tarixidagi eng sovuq harorat qayd etilgan.
AQShning shimolida joylashgan Chikagoda ertalab harorat 33 daraja sovuqni tashkil qilgan. Avvalgi rekord sovuq harorat 1966 yilda qayd qilingan. Vaziyat sovuqning odamlarga ta’sirini yanada kuchaytiradigan va bir necha daqiqada muzlashga olib kelishi mumkin bo‘lgan kuchli shamol bilan yanada murakkablashgan.
Shunga yaqin sovuq harorat Miluoki (Viskonsin), De-Moyne (Ayova) va Minneapolisda (Minnesota) kuzatilgan.
AQSh shimolidagi ko‘plab shaharlarda sovuq tufayli maktablar, turli muassasalar, muzeylar yopilmoqda. Jamoat transporti qiyinchilik bilan ishlamoqda.
Poytaxt Vashingtonda 2 daraja sovuq bo‘lgan. Natijada AQShning xodimlarni boshqarish idorasi federal xizmatchilar ishga 3 soatlik kechikish bilan kelishlari yoki rejalashtirilmagan ta’til olishlari mumkinligini e’lon qilgan.
Vashington atrofidagi hududlarda harorat 11 darajagacha pasayishi sababli maktablar va ko‘plab restoranlar yopilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi