Ukrainalik vazir o‘z yubileyini Kreml xarobalari ko‘rinishidagi tort bilan nishonladi

  • 31 yanvar 2019, 11:30
  • 1 818
  • Dunyo
  • Ukrainalik vazir o‘z yubileyini Kreml xarobalari ko‘rinishidagi tort bilan nishonladi
    Ukraina infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning matbuot kotibi Marina Tomko rahbariga 40 yoshlik yubileyi munosabati bilan Moskvadagi Kremlning xarobalari shaklida bo‘lgan tort sovg‘a qilishganini aytib berdi.

    Uning feysbuk sahifasida joylashtirilgan postdagi suratdan ko‘rish mumkinki, tortning bir tomonida Kreml xarobalari ko‘rinishida «Slava Ukraїnі!» («Ukrainaga shon-sharaflar!») yozuvi bor. Shuningdek, qandolatchilar qulagan Spasskaya minorasi yonida balalayka va qizil yulduzli quloqchinga ega ayiqni joylashtirishdi.

    Uning ta’kidlashicha, Omelyan Spasskaya minorasida bo‘lgan yulduzni tatib ko‘rgan.

    » » Ukrainalik vazir o‘z yubileyini Kreml xarobalari ko‘rinishidagi tort bilan nishonladi