11:53 / 31.01.2019
3 758

Ukraina prezidentligiga nomzod sifatida 51 kishi hujjat topshirdi

Ukraina prezidentligiga nomzod sifatida 51 kishi hujjat topshirdi
Ukraina Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 51 kishi hujjat topshirdi. Bu haqda komissiya rahbari Konstantin Xivrenkoga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Prezidentlik saylovi Ukrainada 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovoldi kampaniya esa 31 dekabrda boshlangan. Hujjatlar topshirilganidan keyin komissiya besh kun ichida ularni ko‘rib chiqadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, komissiya 20 dan ortiq nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazgan.

So‘nggi ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, prezidentlik reytingida «Batkivshina» partiyasi rahbari va prezidentlikka nomzod Yuliya Timoshenko yetakchi bo‘lib qolmoqda. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko ham saylovda ishtirok etishini ma’lum qilgan. Uning reytingi 14 foizni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidentligiga nomzod sifatida 51 kishi hujjat topshirdi