17:17 / 31.01.2019
3 810

Habib Nurmagomedov Qozog‘istonda teleboshlovchi sifatida ish boshlaydi

Habib Nurmagomedov Qozog‘istonda teleboshlovchi sifatida ish boshlaydi
UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov Qozog‘istondagi realiti-shou boshlovchisiga aylanadi.

BNews.kz nashri ma’lumotiga ko‘ra, loyihani suratga olish ishlari joriy yilning may oyida boshlanadi. Ushbu shouda mehmonlar sifatida turli mamlakatlardan kelgan sportchilar va olimpiya chempionlari jamoalari ishtirok etadi. Ular qozoq folklori an’analarini bilish bo‘yicha sport musobaqalari hamda tanlovlardan o‘tishlari kerak. Shou 118 mamlakatda translyatsiya qilinadi.

Nevada shtati Atletika komissiyasi qaroriga ko‘ra, Nurmagomedov irlandiyalik jangchi Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng yuz bergan mushtlashuv tufayli to‘qqiz oyga diskvalifikatsiya qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Habib Nurmagomedov Qozog‘istonda teleboshlovchi sifatida ish boshlaydi