31 yanvar kuni Malayziyaning yangi qiroli etib saylangan Paxang shtati hukmdori Tengku Abdulla taxtga o‘tirdi. Bu haqda «Hordiq» nashri xabar berdi.
Qirollik vakillari, hukumat a’zolaridan iborat 500 ga yaqin kishi tashrif buyurgan tantanali marosim Istana Negara saroyida bo‘lib o‘tgan.
Tengku Abdulla Hukmdorlar kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan 24 yanvar kuni qirollikka saylangan. Qirol ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqisiz besh yil muddatga saylanadi. Nomzodlar 1957 yilda qirollik lavozimi tashkil etilganida birinchi marta tuzilgan ro‘yxat asosida aniqlanadi.
Tengku Abdulla o‘rta ma’lumotni Malayziyada olgan, keyin esa Sandxerstdagi Britaniya Qirollik harbiy akademiyasida o‘qishni davom ettirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u polo o‘yiniga qiziqqan. Ayni paytda u FIFA a’zosi hisoblanadi. Avval esa Malayziya Futbol assotsiatsiyasi rahbari bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi