20:32 / 31.01.2019
5 822

Rossiyadan Venesuelaga tegishli oltin olib chiqib ketilganligi ma’lum qilindi (foto)

Rossiyadan Venesuelaga tegishli oltin olib chiqib ketilganligi ma’lum qilindi (foto)
Yanvarda Rossiyaning Boeing 757 yuk samolyoti Venesuelaga ikki marta parvozni amalga oshirdi, deb yozadi «Kun.uz» Rossiya nashriga tayanib. Nashrning xabariga ko‘ra, samolyot Rossiyadan Venesuelaga tegishli oltinlarni olib chiqib ketgan.

Yozilishicha, birinchi parvoz 18-19 yanvarda amalga oshirilgan. Oltin yuklangan Boeing 757 samolyoti Moskvadan Dubay aeroportiga qo‘ngan. Samolyotni BAA markaziy bankining inkassator mashinalari kutib olgan. U yerda oltinlar tushirilib, samolyotga dollarli konteynerlar yuklangan va samolyot Venesuelaga yo‘l olgan. U Moskvaga 23 yanvarda qaytgan.

Ikkinchi marta samolyot Karakasga 30 yanvar kuni kelgan.

«Novaya gazeta»ning yozishicha, Rossiya yuk samolyoti Karakasga kelib ketganidan so‘ng Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdagi shaharlarni obodonlashtirishga bir milliard dollar ajratilishini e’lon qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil yanvar holatiga Rossiya markaziy bankida Venesuelaga tegishli 30 tonnaga yaqin oltin saqlangan. Mamlakatga tegishli qolgan oltinlar Yevropa banklarida saqlanadi.

Jahon oltin kengashining ma’lumot berishicha, Karakasning jami oltin zaxirasi 161,2 tonnani tashkil etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadan Venesuelaga tegishli oltin olib chiqib ketilganligi ma’lum qilindi (foto)