Shveysariya politsiyasi xodimi o‘g‘rilarni qo‘lga olishga urinish uchun jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Politsiyachi o‘g‘rilarni mashinada ta’qib qilish vaqtida ikki marta belgilangan tezlikni oshirgan. Birinchi qoidabuzarlikni kechirimli deb hisoblash mumkin bo‘lsa, ikkinchi tezlikni oshirish qo‘pol qoidabuzarlik deb topilgan.
Voqea Jenevada yuz bergan. Politsiyachi bankni o‘marishda gumonlanuvchilarni ta’qib qilish vaqtida belgilangan tezlikni dastlab 30 km/soatga, so‘ngra 42 km/soatga oshirgan. Prokurorlar birinchi qoidabuzarlikni kechirimli deb topishgan, biroq ikkinchisi uchun politsiyachiga 600 frank (530 dollar) jarima solishgan. Politsiyachi qaror bo‘yicha shikoyat qilgan, biroq oliy sud uni kuchda qoldirgan.
Sudda ta’kidlanishicha, ta’qib vaqtida tezlikni chamalash lozim. Tezlikni oshirish insonlar hayotiga xavf mavjud bo‘lganda mumkin deb hisoblangan bo‘lardi. Biroq politsiyachi gumonlanuvchilar hech kimga ziyon yetkazmasliklarini bilgan va shu sababli ta’qib vaqtida yon-atrofdagilarga xavf tug‘dirmaydigan tezlikni tanlashishi kerak edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?