Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining jismoniy holatini qanday qilib yaxshi darajada ushlab turgani va salomatlikni ta’minlashda nima yordam berishi haqida gapirdi. Video Qozog‘iston prezidenti Teleradiokompleksining Instagram’dagi sahifasida joylashtirildi.
Instagram’dagi sahifada e’lon qilingan videorolikda Nazarboyev sog‘lom turmush tarzi mavzusi haqida gapirgan.
«Kimdan so‘ramang - hamma ozishni xohlaydi. Ozg‘inlar ham vaznini yo‘qotishni istaydi! Abadiy parhezlar, go‘sht, yog‘ iste’mol qilish zararligi haqidagi gaplar.
Qanday qilib biz, qozoqlar, go‘shtsiz yashay olamiz? Bir marta o‘g‘rini ushlab, undan so‘rashibdi - nima uchun har doim o‘g‘irlik qilasan? U shunday javob bergan ekan: ot go‘shti mazali bo‘lishdan to‘xtasa, o‘shanda men ham o‘g‘rilikni to‘xtataman.
Mening prinsipim: inson o‘z organizmi talab qiladigan narsani yeyishi kerak. Men doim sport bilan shug‘ullanish kerakligini aytaman. Kishi o‘zini nazoratda saqlab, o‘zi haqida qayg‘urishi kerak. Biz sog‘lom millat bo‘lishimiz kerak. Bilaman, yoshlarimiz bunga intiladi. Men hech qanday maxsus parhezlarga amal qilmayman».
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi