08:38 / 02.02.2019
3 691

Nigeriyada jangarilar hujumi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada jangarilar hujumi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyada “Boko harom” ekstremistik guruhi jangarilari mamlakat shimolidagi Rann shahriga hujum qilishi oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘lgan. Hujum 28 yanvarda sodir etilgan. Bu haqda Reuters axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar berdi.

“Guvohlarning aytishicha, nigeriyalik askarlar hujumdan bir kun oldin shahardagi postlarini tark etishgan”, deb aytgan tashkilotning Nigeriyadagi vakolatxonasi rahbari Osai Ojigo. U hukumatning mahalliy aholini jangarilar hujumidan himoyasini ta’minlash bo‘yicha harakatlarini to‘liq muvaffaqiyatsizlik deb atagan.

Rann shahri 14 yanvarda jangarilar tomonidan bosib olingan. 15 yanvarda hukumat qo‘shinlari shahar ustidan nazoratni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq jangarilar shaharga yangi hujum uyushtirgan. 29 yanvarda Jenevada o‘tgan brifingda BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili Babar Balox o‘tgan kunlar ichida shahardan Kamerunga 30 mingga yaqin kishi qochganini ma’lum qilgan.

“Boko harom” jangarilari 2009 yildan beri Chad ko‘li atrofida joylashgan davlatlarda 27 mingdan ko‘proq odamni o‘ldirgan, 2,6 mlnga yaqin odam qochqinlarga aylangan. Ixtilof hududidagi 11 mln nigeriyalik shoshilinch gumanitar yordamga ehtiyoj sezadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nigeriyada jangarilar hujumi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi