15:04 / 02.02.2019
9 085

Tutanxamon daxmasining siri fosh bo‘ldi (foto)

Tutanxamon daxmasining siri fosh bo‘ldi (foto)
Qadimgi Misr fir’avni Tutanxamon qabrida 10 yil davomida ta’mir ishlarini olib borgan mutaxassislar tomonidan XX asrning boshlarida daxma devorlaridagi aniqlangan izlar o‘lik bakteriyalar ekanligi aniqlandi, deya xabar beradi Daryo.

Ta’mirlash ishlarini yillar davomida Getti konservatsiya instituti hamda Misr qadimiy ishlar bo‘yicha vazirligi mutaxassislari amalga oshirgan. Biroq, ular ilgari o‘sayotgan mikroorganizmlar koloniyalari deb hisoblangan devorlardagi izlarni qoldirishga qaror qilgan.

20-asrning 20 yillarida olingan tarixiy fotosuratlar bilan taqqoslaganda, dog‘lar hajmi o‘zgarmagan, kimyoviy tahlillar esa ularning o‘lik bakteriyalar ekanligini va mumiya uchun xavfsizligini anglatgan.

Foto: Google Images
Tutanxamon fir’avni miloddan avvalgi 1332—1323 yillarda qadimgi Misrda hukmronlik qilgan.

U 10 yoshida taxtga chiqqan 19 yoshida vafot etgan. Tutanxamon qabri 1922 yilda topilgan. Bu yerda fir’avnning mo‘miyolangan jasadi bilan lahadlar, shuningdek, ko‘p sonli naqshlar topilgan. Uzoq vaqt davomida uning qabri «la’natlanganligiga» ishonilgan, sababi o‘sha vaqtning matbuotida mozorni ochgan tadqiqotchilar sirli holatlarda vafot etganligi haqida mish-mish tarqalgan.

Biroq keyin bu «faktlar» jurnalistlar tomonidan «shov-shuv» uyg‘otish maqsadida amalga oshirilganligi ma’lum bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tutanxamon daxmasining siri fosh bo‘ldi (foto)