19:00 / 02.02.2019
3 646

Germaniyalik ekspert: “Umumiy baxt tushunchasi millatlarni birlashtiradi”

Germaniyalik ekspert: “Umumiy baxt tushunchasi millatlarni birlashtiradi”
– Oilaviy munosabatlar har bir xalq uchun muhim hisoblanadi, – deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga tashrif buyurgan Nemis iqtisodiyoti va xalqaro hamkorlik fondining Bosh ekspertlar xizmati (SES) eksperti, siyosatshunos Yurgen Vermzer.
– O‘zbek va nemis xalqlarida oila borasidagi qarashlar, tushunchalar birmuncha farqli bo‘lishi mumkin, ammo millatlarni umumiy baxt tushunchasi birlashtirishi aniq.

Germaniyalik ekspert Yurgen Vermzer Toshkent viloyati Parkent tumanida 2018 yilning avgust oyida ish boshlagan “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”i bilan tanishdi. Bo‘lajak kelin-kuyovlarga huquq, ma’naviyat, reproduktiv salomatlik, din va iqtisod bo‘yicha berilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

– O‘ylaymanki, nikohlanuvchilarga mo‘ljallangan bu loyiha kelajakda respublika miqyosida ham oilalarni farovon, baxtli hayot kechirishiga va o‘z o‘rnida ajrimlarning oldini olishda yaxshi samara beradi, – deya e’tirof etdi Yurgen Vermzer.
Hamroxon MUSURMONOVA

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyalik ekspert: “Umumiy baxt tushunchasi millatlarni birlashtiradi”