20:45 / 02.02.2019
7 170

Rossiya harbiy kemalari dushman ko‘zini qamashtiruvchi tizimga ega bo‘ldi

Rossiya harbiy kemalari dushman ko‘zini qamashtiruvchi tizimga ega bo‘ldi
«Roselektronika» xolding kompaniyasi Rossiya harbiy dengiz kuchlariga dushman ko‘zini qamashtirishi imkonini beradigan 5P-42 «Filin» vizual optik to‘siq stansiyalarini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Ushbu qurilma «Admiral flota Kasatonov» va 2018 yilda flotga berilgan «Admiral flota Sovetskogo Soyuza Gorshkov» fregatlariga o‘rnatilgan. Ularning har biri ikki to‘plamdan «Filin» olgan. «Shimoliy verf» zavodida qurilayotgan 22350 loyiha doirasidagi yana ikki kemaga ham shunday qurilma o‘rnatiladi.

«Filin» stansiyasi «Integral» tajriba zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan. U tunda va g‘ira-shira paytda vizual-optik va optik-elektron kuzatuv kanallari va o‘q otuvchi qurolning nishonga olish hamda suvosti kemalari va harbiy dengiz floti katerlarida qo‘llaniladigan jangovar qurollar ishini susaytirishga mo‘ljallangan.

Stansiya ishi yorug‘lik nurini modulyatsiya qilishga asoslangan. Ko‘rish asab tolalarini zo‘riqtirish hisobiga yorug‘likning past chastotali bo‘lishi ko‘rish organlarining vaqtinchalik izdan chiqishiga olib keladi.

«Ko‘ngillilar ishtirokida tadqiqot o‘tkazilganda, stansiya bilan himoya qilingan ikki metrgacha uzoqlikda joylashgan nishonga miltiqdan o‘q otish vaqtida mo‘ljalga olish qiyinlashgani qayd etilgan. Bunda ularning 20 foizi ‘ko‘z oldida dog‘lar paydo bo‘lishi’ deb ta’riflangan gallyutsinatsiya kabi ta’sir effektini his qilgan bo‘lsa, 45 foizi bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi kuzatilganidan shikoyat qilgan», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya harbiy kemalari dushman ko‘zini qamashtiruvchi tizimga ega bo‘ldi