Foto: «Korrespondent.net»
Hindistonning Panjob shtati qishloqlaridan birida mahalliy aholi qoplon hujumiga uchradi.
Yuzlab odamlar qo‘rquvdan uylarning tomiga chiqib olishdi. Qoplon to‘rt kishini yerga yiqitib, ularni tishlab oldi, deb xabar bermoqda «Xabar» nashri.
Erkaklardan biri hayvonga tepadan to‘r tashlashga uringan, lekin qoplon devorga sakrab, odamni itarib yuborgan.
Mahalliy aholi qoplonni tosh otib ham qo‘rqita olmagan. Nihoyat uni uy ichida burchakka tiqib, trankvilizatordan o‘q otishgan. Unga uch bor o‘q uzib, uchinchi o‘q bilan uxlatishga muvaffaq bo‘lishgan.
Qoplon qafasga solinib, Chxatbirdagi hayvonot bog‘iga jo‘natilgan. Ma’lum qilinishicha, jonivorning taqdiri hal etilishidan avval u bir necha kun nazorat ostida bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi