11:57 / 03.02.2019
3 920

Maduro muddatdan avval saylovlar o‘tkazishni taklif qildi

Maduro muddatdan avval saylovlar o‘tkazishni taklif qildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro muxolifat bilan qarama-qarshiliklar ortida parlamentga muddatdan avval saylovlar o‘tkazish taklifini berdi.

Hozirda parlament muxolifatchilar tomonidan nazorat qilinadi, uning spikeri Xuan Guaydo esa 23 yanvarda o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilgan.

Maduro muddatdan avval saylovlar o‘tkazish taklifini 2 fevralda tarafdorlari namoyishida bildirgan. Hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi aksiya mamlakatning avvalgi prezidenti Ugo Chavesning hokimiyat tepasiga kelganining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan.

2 fevralda Karakasda Maduro tuzumiga qarshi chiqayotganlar mitingi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Guaydo aholisi qashshoqlashib, valyutasi o‘ta qadrsizlanib ketgan Venesuelaga tez orada gumanitar yordam yetkazilishiga va’da bergan.

Bu orada mamlakat harbiy-havo kuchlari generali Fransisko Yanes Rodriges Guaydoni prezident deb tan oldi. Uning bu qarorini AQSh prezidenti maslahatchisi Jon Bolton ijobiy qarshilagan.

“AQSh barcha harbiylarni general Yanesdan o‘rnak olishga chaqiradi”, deb aytgan Bolton tvitterda.
Bolton, shuningdek, Venesuela markaziy bankini Guaydoni tan olishga va mamlakatni talon-taroj qilmaslikka chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maduro muddatdan avval saylovlar o‘tkazishni taklif qildi