AQSh va Xitoy fevral oyi oxirida ikki davlat rahbarlarining Vetnamda uchrashuv o‘tkazishlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi South China Morning Post gazetasiga iqtibos keltirgan holda Kun.uz.
Nashrning ma’lum qilishicha, XXR raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp 27-28 fevral kunlari Danang shahrida savdo masalalarini muhokama qilish uchun uchrashishadi.
Avvalroq WSJ gazetasi Xitoy delegatsiyasi Vashingtonda bo‘lib o‘tgan savdo muzokaralarida fevralda Xaynan viloyatida Tramp va Si Szinpin uchrashuvini o‘tkazish taklifi bilan chiqqanini xabar qilgandi.
Xitoy va AQSh o‘tgan yili qator mahsulotlarga boj to‘lovlari oshirilishi bo‘yicha bir necha bor muzokara o‘tkazgandi. Dekabr oyida esa ikki davlat rahbarlari savdo urushida "sulh" tuzilishiga kelishib olishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?