16:54 / 03.02.2019
3 780

XXR raisi Szinpin bahor bayrami oldidan Pekin bo‘ylab sayr qildi

XXR raisi Szinpin bahor bayrami oldidan Pekin bo‘ylab sayr qildi
XXR raisi, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Si Szinpin Chunsze oldidan (bahor bayrami yohud Oy taqvimida Yangi yil) Pekin markazi bo‘ylab sayr qilgan, deya xabar beradi «Daryo» nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, u aholi bilan muloqotda bo‘lgan va oilalardan biri bilan chuchvara tukkan. Sayr vaqtida mamlakat rahbari Pekin aholisidan ularning yashash sharoiti va tarzi haqida so‘rab, ularni Yangi yil bilan qutlagan.

Si Szinpin uylardan biriga kirib Yangi yil bayrami taomi szyaotszini yasashga qo‘shilgan. Bu go‘sht va sabzavotlardan tayyorlanadigan chuchvara bo‘lib, u bayram oldidan butun oila bilan Yangi yil qut-baraka olib kelishi uchun tayyorlanadi.

Chunsze — Xitoy aholisi va ko‘p Osiyo mamlakatlari uchun muhim bayram bo‘lib, u oilalar ittifoqi, do‘st va yaqinlar bilan diydor bayrami sanaladi.
Oy taqvimiga asosan Yangi yil 4 dan 5 fevralga o‘tar kechasi kirib keladi. Uning timsoli Sariq yer cho‘chqasi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » XXR raisi Szinpin bahor bayrami oldidan Pekin bo‘ylab sayr qildi