00:33 / 05.02.2019
4 214

Eron o‘z kriptovalyutasini joriy qildi

Eron o‘z kriptovalyutasini joriy qildi
Eron o‘z kriptovalyutasini joriy qildi. PayMon deb nomlangan yangi to‘lov birligi oltin bilan ta’minlangan va Tehron hamda uning savdo-iqtisodiy hamkorlarining AQSh sanksiyalarini cheklab o‘tishlarida yordam berishga qaratilgan.

Eron hukumatiga kriptovalyutani yaratishda mamlakatning 4 ta banki: Parsian Bank, Bank Pasargad, Bank Melli Iran va Bank Mellat yordam bergan. Yaqin orada PayMon mahalliy platforma Fara Bourse’ga qo‘shilishi mumkin.

Yangi valyuta AQSh sanksiyalari tufayli xalqaro banklararo ma’lumotlar uzatish tizimi SWIFT’dan uzib qo‘yilgan Eronga yordam berishi ko‘zda tutilgan.

PayMon’ning dastlabki emissiyasi 1 mlrd shartli tangani tashkil qiladi. Biroq kriptovalyuta qanday blokcheynga qurilgani va Eron hukumati uni qanday qo‘llashi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron o‘z kriptovalyutasini joriy qildi