Tasanno! Neymar tug‘ilgan kuniga 500 kishini taklif qildi

  • 05 fevral 2019, 06:30
  • 2 249
  • Dunyo
  • Tasanno! Neymar tug‘ilgan kuniga 500 kishini taklif qildi
    PSJ hujumchisi Neymar 5 fevral kuni 27 yoshga to‘ladi. Bugun Parijda bo‘ladigan bayram kechasiga 500 kishi taklif qilingan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kechani Red Bull kompaniyasi tashkil qiladi. Neymarning do‘stlari va oilasidan tashqari, tadbirga PSJ futbolchilari, braziliyalik syorfing ustasi Gabriel Medina va xonanda Uesli Sadafaol tashrif buyuradi.

    Ayni damda forvard oyog‘idagi singan barmog‘ini davolamoqda.
    Oldinroq, braziliyalik jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmasligi e’lon qilingan edi.

    » » Tasanno! Neymar tug‘ilgan kuniga 500 kishini taklif qildi