00:33 / 06.02.2019
6 962

Olti yoshli sartarosh dunyoni lol qoldirmoqda

Olti yoshli sartarosh dunyoni lol qoldirmoqda
Xitoyning Sichuan provinsiyasida yashovchi 6 yoshli sartarosh bola bugungi kunda dunyoning turli chekkalarida millionlab insonlarni lol qoldirmoqda. Bu yoshda qaychi va taroqni shu darajada mahorat bilan ishlatish bunga guvoh bo‘lgan har qanday insonning aqlini shoshirishi tabiiy.
Yanada hayratlanarli jihati, Szyan Xunsi sartaroshlikni 4 yoshida boshlagan. Bu endi haqiqatdan ham ishonish qiyin holat. Biroq bu haqiqat. U bundan ikki yil muqaddam sartaroshxonada ota-onasiga yordam bera boshlagan edi. Qisqa muddat o‘tib, unda tug‘ma qobiliyat borligi oydinlashdi. Dastlab, kattalarning ko‘rsatmalari asosida oddiy qoidalarga amal qilib, soch kaltalagan Szyan Xunsi bir necha oydan so‘ng hech qanday maslahatga ehtiyoj sezmaydigan darajaga erishdi. Bir yil o‘tib esa, o‘ziga xos uslubga ham ega bo‘ldi.
Mitti sartaroshning harakatlarini kuzata turib, ish qurollarini o‘zgacha nozik harakat va o‘ta aniqlik bilan ishlatishidan uning haqiqatdan ham noyob iqtidor sohibi ekanligiga amin bo‘lasiz.
Szyan Xunsi imkoniyat darajasining eng g‘aroyib jihati u nafaqat mijozlarning, balki o‘zining sochini ham hech qiyinchiliksiz kaltalay olishidir(!). Buning uchun esa unga bor-yo‘g‘i 2 daqiqa kifoya qiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olti yoshli sartarosh dunyoni lol qoldirmoqda