06:58 / 06.02.2019
5 477

Filippinda 2 bosh, 2 burunli va 3 ko‘zli cho‘chqa bolasi tug‘ildi

Filippinda 2 bosh, 2 burunli va 3 ko‘zli cho‘chqa bolasi tug‘ildi
Tug‘iliboq «Mara Klara» laqabiga ega bo‘lgan bu cho‘chqacha Filippinning Sulton-Qudarat viloyatiga qarashli Kalian qishlog‘ida, Adelina Dalipe ismli ayol xonadonida dunyo yuzini ko‘rdi.

— Men o‘ylaymanki, — dedi uy bekasi. — Bu cho‘chqachaning omadi bor ekan. Boshqa odam bo‘lsa, balki o‘ldirib yuborishi mumkin edi. Ammo men uni o‘ldira olmayman. Cho‘chqacha ham xudoning bandasi. Uni ham xudo yaratgan. Nuqsonlar bilan tug‘ilganiga qaramay, halitdan juda kuchli va irodali. Agar o‘lib qolmasa, men cho‘chqachani doimo avaylab-asrayman, parvarish qilaman.

Bunday mutatsiya tibbiyotda politsefaliya deb nomlanarkan. Xuddi shunday anomal holat ayrim vaziyatlarda odamzodda ham uchrashi kuzatilgan. Agar ona qornida ikki egizak homilaning biri ko‘ngildagidek rivojlana olmasa, ular xudoning qudrati bilan birlashib, ikki bosh va boshqa a’zolari ham juftga aylanadi. Lekin nafas olish va ovqat hazm qilish tizimi bitta bo‘ladi. Aksar hollarda shu kabi mutatsiya bilan tug‘ilganlar ko‘p yashay olmay, o‘lim topadi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippinda 2 bosh, 2 burunli va 3 ko‘zli cho‘chqa bolasi tug‘ildi