Shvetsiya huquq-tartibot idoralari qirol Karl IX va uning rafiqasining toji va xoch shakli solingan oltin sharini topishdi. Bu buyumlar 6 oy oldin o‘g‘irlab ketilgan edi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Shvetsiyada XVII asr boshida hukmdorlik qilgan qirolga tegishli bo‘lgan qimmatbaho buyumlar Stokholm yaqinida topilgan. Voqea tafsilotlari ekspertiza topilgan buyumlarning haqiqiyligini tasdiqlagach ma’lum qilinadi. Ta’kidlanishicha, tojlar va oltin shar “bomba” deb yozilgan chiqindi bakidan topilgan.
O‘g‘irlik 2018 yil 31 iyulda sodir etilgan. Jinoyatchilar Strengnes shahridagi kafedral cherkovdagi vitrinani sindirib, u yerdan qirol va uning rafiqasi birga dafn qilingan ikkita toj va oltin sharni olishgan. Buyumlarning qiymati 65 mln shved kronasiga (6,5 mln dollar) baholanadi.
Signalizatsiya ishga tushganda, o‘g‘rilar velosipedda Melaren ko‘ligacha borib, u yerdan motorli qayiqda yashirinishgan.
Velosiped va jinoyat joyida tashlab ketilgan buyumlarning birida qon izlari qolgan bo‘lgan. DNK tahlili yordamida qon egasi shaxsi o‘rnatilgan va unga ko‘ra tojlarni o‘g‘irlashda gumon qilingan 22 yoshli yigit hibsga olingan. Keyinroq uning sherigi ham qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, jinoyatchilarga 6 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?