10:50 / 06.02.2019
5 566

Rossiyada tug‘uruqxona yonida qurbonlik uchun qo‘y so‘ygan shaxs bezori sifatida hibsga olindi

Rossiyada tug‘uruqxona yonida qurbonlik uchun qo‘y so‘ygan shaxs bezori sifatida hibsga olindi
Foto: «STV»
Surgut tug‘uruqxonasi yonida qo‘yni qurbonlik keltirgan erkak mayda bezorilikda aybdor deb topildi va ikki sutkaga hibsga olindi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Erkak Surgutning chekka qismidagi Belыy Yar posyolkasida yashovchi 32 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi. U qo‘lga olingandan so‘ng o‘sha kuni uchinchi farzandi tug‘ilganligi, shuning uchun musulmon an’analariga ko‘ra, qurbonlik keltirib, qo‘y go‘shtini yaqinlari va ehtiyojmandlarga tarqatmoqchi bo‘lganligini ma’lum qilgan. Erkak shahar aholisidan uzr so‘ragan.

Ayollar va bolalar ko‘z o‘ngida amalga oshirilgan marosim 3 fevral kuni Instagram’ga joylangan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari videodagi odamlarni tanqid qilgan, biroz vaqtdan so‘ng erkakni politsiya qidira boshlagan. U IIBga o‘zi kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada tug‘uruqxona yonida qurbonlik uchun qo‘y so‘ygan shaxs bezori sifatida hibsga olindi