15:43 / 06.02.2019
5 146

Germaniyalik musulmon: “Kafanimni sumkamda olib ketdim”

Germaniyalik musulmon: “Kafanimni sumkamda olib ketdim”
Deutsche Welle Germaniya armiyasida xizmat qiluvchi musulmon harbiylar haqida maqola e’lon qildi. Unda aytilishicha, katolik va protestant xizmatdoshlaridan farqli ravishda musulmon harbiylar imomlardan yordam ololmaydi.

Germaniya armiyasida besh yuz atrofida musulmon harbiy xizmat qiladi. Musulmon harbiylar uchun armiyaga imomlarni ishga olish masalasi bir necha yillardan beri muhokama etiladi, biroq shu paytgacha aniq qadam tashlanmagan.

Kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Narimon Xammuti-Reynke 2005 yildan beri nemis armiyasida xizmat qiladi. U Afg‘oniston singari xavfli hududlarga ketayotib boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarni gapirib berdi:

“Xizmat asnosida halok bo‘lsam, musulmon sifatida dafn qilinishim, forma bilan tobutga solinmasligim, yuvilishim va kafanlanishim uchun tayyorgarliklarni o‘zim qildim. Afg‘onistonga ketayotib kafanimni sumkada olib ketdim”.

Armiyadagi katolik va protestantlar uchun bunday ishlarni rohiblar amalga oshiradi.

“Afsuski, musulmonlarga bunday ko‘mak ko‘rsatilmaydi. Nasroniy do‘stlarimiz o‘zlarini yomon his qilsa, yordamga ehtiyoj sezsa, birga xizmat qilayotgan rohiblardan ko‘mak olishlari mumkin. Ammo musulmonlar yordam ololmaydi. Vaholanki, men ham Germaniya uchun xizmat qilyapman, qonunlarda ko‘zda tutilgan bu huquqni talab qilishga haqliman”, – deydi Narimon.

Armiyada madaniy turfa xillikni, armiya safiga immigrantlarning qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlovchi hukumatning musulmon harbiylar uchun imomlarni ishga olmayotganini muxolif partiyalar ham tanqid qilib keladi.

Mudofaa vazirligining bildirishicha, armiyada musulmon harbiylarga diniy xizmatlar ko‘rsatilishi uchun Germaniya Islom kengashi bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Muzokaralar qachon tugashi esa hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyalik musulmon: “Kafanimni sumkamda olib ketdim”