22:36 / 06.02.2019
6 933

Ufolog ekspert Skott Uoring: "Bu aniq o‘zga sayyoraliklar kemasi..."

Ufolog ekspert Skott Uoring: "Bu aniq o‘zga sayyoraliklar kemasi..."
Ufologiya bo‘yicha ekspert Skott Uoring yaqindagina o‘zi guvoh bo‘lgan ajabtovur manzara haqida internetdan foydalanuvchilarga hikoya qilib berdi. Uning aytishicha, shu yil 5 fevralida Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan tarafidagi Karman hamda Devisson kraterlari oralig‘ida ulkan bir jismni ko‘rgan. Bu «Transformerlar» filmidagi jismlardan biriga juda o‘xshab ketadi. Qisqaroq va tushunarliroq qilib aytganda, ushbu jism aslida o‘zga sayyoraliklar fazo kemasi ekaniga sira shubha yo‘q.

— Bu kema uchburchak shaklida edi, — deb yozadi Uoring. — Lekin har yer-har yerida bo‘rtib chiqqan narsalar ham yo‘q emas. Ob’ekt sof metalldan yasalgan. Juda yorqin rang berilgan. Xulosam shundan iborat bo‘ldiki, bu aniq o‘zga sayyoraliklar kemasi va ikki krater o‘rtasiga atayin qo‘ndirilgan. Hozir ham ishga yaroqli holatda saqlanib qolgan. Uning yaqin orada Oyga qo‘nganiga ham shubham qolmadi. Negaki, kema hali Oy changi bilan qoplanib ulgurmagan. Agar ancha yillar oldin qo‘ndirilganda, ustki qismini to‘liq chang qoplagan bo‘lardi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ufolog ekspert Skott Uoring: "Bu aniq o‘zga sayyoraliklar kemasi..."