6 fevral kuni AQSh hisob palatasi mamlakat administratsiyasi xarajatlari haqidagi ma’lumotni taqdim etdi, deb xabar berdi «Daryo» TASSga tayanib.
Unga ko‘ra, Donald Trampning Florida shtatidagi o‘zining Mar-a-Lago pomestyasiga uyushtirgan to‘rtta safarining dastlabki uch oyi amerikalik soliqchilarga 14 million dollarga tushgan.
Ushbu summaning 10,6 million dollari prezident xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatilgan. Yana 3 million dollar esa safarda prezidentga hamrohlik qilgan administratsiya xodimining turar joy va boshqa xarajatlariga sarflangan.
Oq uy hozircha bunday sarf xarajatlarga hech qanday izoh bermagan. Biroq, avvalroq administratsiya vakillari Tramp dam olish vaqtida ham ishlashini ko‘p marta ta’kidlagan.
«Prezident qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar prezidentligicha qoladi. Uning xavfsizligini nazorat qilishga ketadigan xarajatlar uning tashvishi emas», — deb bu holatga izoh bergan Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders.
Bundan tashqari, Trampning siyosiy muxoliflari, uning prezident bo‘lganidan keyin ko‘p vaqtini o‘ziga tegishli pomestelar va golf klublarida o‘tkazishini tanqid qilgan. Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasida «bajariladigan ishlar ko‘pligi» sababli Oq Uyni kamdan-kam tark etishga va’da bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi