10:54 / 07.02.2019
4 108

Viktor Yanukovich Moskvada nimalar haqida gapirdi: inqilob, saylov, Poroshenko va Donbass

Viktor Yanukovich Moskvada nimalar haqida gapirdi: inqilob, saylov, Poroshenko va Donbass
Moskvada Ukrainaning inqilob vositasida qudratdan ketkazilgan sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning matbuot anjumani o‘tkazildi. U Poroshenko navbatdagi saylovlarda nega g‘olib chiqa olmasligi va Donbassdagi urushni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida gapirib berdi.

2014 yilgi voqealar va uning oqibatlari haqida
“Inqiloblar davlat va bu hududda istiqomat qiluvchi aholiga hech qachon yaxshilik keltirmaydi. Faqat hayot kechirishning og‘irlashuvi, toqatsizlik va nafrat, ifloslik va yolg‘on keltiradi… O‘tgan besh yilni Ukrainaning mustaqillik yillaridagi eng qora sahifalar deb bilaman. Biz harbiy qarama-qarshilik deb ataluvchi, ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan jarayonlarga guvoh bo‘ldik. Bu hodisalarga allaqachon baho berish kerak, lekin bu baho ukrainacha bo‘lmasligi lozim. Chunki Ukrainada hozir hokimiyat bu jinoyatlarni boshlagan insonlar qo‘lida. Ular Konstitutsiya va qonunlarni oyog‘osti qilishmoqda, sud deb atashga til bormaydigan jarayonlarni tashkillashtirishmoqda. Bular shunchaki bir spektakl. Ukrainada boshboshdoqlik bu qadar palak yozgan davr hech qachon bo‘lmagan”.

Ukrainadagi hayot darajasi haqida
“Insonlar hayoti og‘irlashdi. Aholi qashshoqlashdi. Iqtisodiyot tanazzulga yuz tutgan, qarzlar oshib bormoqda. Investitsiyalar nol darajada. Hukumat olayotgan kreditlarni qaytarish ukrainaliklarning kelgusi avlodlari gardaniga tushadi. Shu besh yil ichida 6 millionga yaqin ukrainaliklar yashash uchun boshqa davlatlarga chiqib ketgan. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan”.

Bo‘lajak prezidentlik saylovlarida ovozlarni soxtalashtirish haqida
“Hokimiyat har qanday yo‘l bilan ovozlarni soxtalashtirishga harakat qiladi, chunki usiz Poroshenko g‘olib chiqa olmaydi. Tahlilchilar ushbu saylov eng iflosi bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Hozirgi hokimiyat ham halol saylov o‘tkazishga qodir emas”.

Donbassda urushni qay tariqa to‘xtatish haqida
“Hammasi ko‘ngil holati va maqsadlarga bog‘liq. Poroshenkoning urushni tugallash istagi yo‘q. Urush unga hokimiyatda qolishga yordam beradi. Donbassda yashayotgan Ukraina fuqarolari bilan muzokara stoliga o‘tirish kerak. Bu mojaroni bartaraf etish uchun yagona yo‘l”.

Pyotr Poroshenko haqida
“Men Pyotr Poroshenkoni azaldan va juda yaxshi bilaman. Gap shundaki, u davlat odami emas. U — biznesmen va uning uchun birinchi galda shaxsiy manfaat va pul turadi. U hamma narsani shu ikkisiga ayriboshlashga tayyor inson. Alohida sifatlari — yolg‘onchilik, men uni taniganimdan buyon nafaqat menga, doimo hammaga yolg‘on so‘zlab kelgan. Har qanday yo‘l bilan shaxsiy boylik to‘playdi, buning uchun u hokimiyatdan ham, o‘zidan mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanadi. Uning saylovda qandaydir imkoniyatlari bo‘lishiga ishonmayman, garchi u ayyor hisoblansa-da”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Viktor Yanukovich Moskvada nimalar haqida gapirdi: inqilob, saylov, Poroshenko va Donbass