15:10 / 07.02.2019
4 202

Putin yosh tadbirkorlarga “qabristondagi eng boy” bo‘lishga intilmaslikni maslahat berdi

Putin yosh tadbirkorlarga “qabristondagi eng boy” bo‘lishga intilmaslikni maslahat berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Nemalыy biznes” (“Oz bo‘lmagan biznes”) milliy mukofoti g‘oliblariga kelgusiga bir nechta maslahatlar berdi. Yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv Kremlning qabullar zalida bo‘lib o‘tgan.

Putin tanlovda 32 ming tadbirkor ishtirok etgani, o‘n minglab tadbirkor bunday tadbirlarda ishtirok etish uchun hali yetilmagani, biroq kelgusi yillar o‘zlarini ko‘rsatishlari mumkinligini aytgan.

Rossiya rahbari g‘oliblarga yuzlanib, yosh tadbirkorlar o‘z kompaniyalari nomlariga qaratadigan ahamiyatga e’tibor qaratgan.
“Kemani qanday atasang, u shunday suzadi, deyishadi, biroq eng asosiysi – mazmun, shijoat, iste’doddir. Bu omillarning mavjudligi, ijtimoiy mohiyat juda muhimdir”, deb aytgan Putin.

Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, biznes daromad olishga asoslangan, biroq “doimiy daromad olish oxir-oqibat qiziqarsiz bo‘lib qoladi”. Shu munosabat bilan Putin biznesning asosiy maqsadi daromad olish emas, uning kelgusi rivojlanishga imkon berishi hisoblanishini ta’kidlab o‘tgan.

“Qabristonda eng boy bo‘lish – bu uncha quvnoq voqea emas”, deb masalahat qilgan Putin. Uning aytishicha, biznesda ham boshqa sohalardagidek inson avvalambor o‘zini rivojlantirishga intilishi lozim – aynan shu narsa zavq keltiradi.

Polittexnolog Alyona Avgustning aytishicha, o‘z ishini boshlash uchun ba’zida eng iste’dodli va uddaburon kishilarga ham birinchi qadamni tashlashga qat’iyat yetishmaydi, shu sababli tadbirkorlik g‘oyalarini axboriy va ma’nan qo‘llab-quvvatlash kreditlar bo‘yicha imtiyozlar va subsidiyalar berish kabi muhimdir.

“Nemalыy biznes” mukofoti aynan shunday ilhomlantiruvchi va rag‘batlantiruvchi voqealardan biridir. Menga prezidentning “qabristondagi eng boy” haqidagi so‘zlari ta’sir qildi. Haqiqatan ham tadbirkorlikning mohiyati nafaqat daromad ortidan quvishdan iborat. Insonga insoniylikni qaytarish umumiy trenddadir va biznes borgan sari ijtimoiy mas’uliyatli bo‘lib boradi. “Sotib ol-sot” emas, balki “o‘ylab top-amalga oshir” muhimroqdir va buni bugungi g‘oliblar isbotlashdi”, deb aytgan Alyona Avgust.

Putin sovrindorlar bilan suhbat chog‘ida ularning har biri bilan erishgan yutuqlari, korxonalari oboroti, ishlab chiqarish quvvatlari qayerda joylashgani, qancha xodim ishlashi haqida birma-bir qiziqib ko‘rgan. Aniqlanishicha, tadbirkorlarning aksariyatiga bizneslarini rivojlantirish uchun munitsipal va hududiy grantlar turtki bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin yosh tadbirkorlarga “qabristondagi eng boy” bo‘lishga intilmaslikni maslahat berdi