23:05 / 07.02.2019
4 902

Turkiyada 8 qavatli uy quladi, odamlar vayronalar ostida qoldi (video)

Turkiyada 8 qavatli uy quladi, odamlar vayronalar ostida qoldi (video)
Internet foydalanuvchilari Istanbulning Kartal tumanida sakkiz qavatli bino qulashi aks ettirilgan videoni ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylashtirishdi.

Voqea sodir bo‘lgan payt ko‘chada ko‘p yo‘lovchilar bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, fojia oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan, 10 tadan ziyod kishi esa turli darajadagi jarohat olgan.

CNN Turk ma’lum qilishicha, hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Vayronalar ostidan odamlarni qidirish davom etmoqda.
Binoda 14 ta xonadon istiqomat qilgan. 43 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Vayronalar ostida kamida 5 ta avtomobil qolib ketganligi aytilmoqda.
VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada 8 qavatli uy quladi, odamlar vayronalar ostida qoldi (video)