23:53 / 07.02.2019
7 522

Ushbu surat menga bir haqiqatni eslatib yubordi...

Ushbu surat menga bir haqiqatni eslatib yubordi...
Boburiylar Hindistonni 330 yil boshqardilar. Ulardan oldin mamluklar 320 yildan ko‘proq boshqargandilar. Hozirda aholi soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan va dunyoning eng qudratli davlatlaridan bo‘lgan Hindiston salkam 700 yil musulmonlar qo‘l ostida bo‘ldi. Biroq Boburiylar tarixini o‘rgansangiz tushunasizki, musulmon rahbarlar mahalliy mushrik xalqlarni islomga chaqirishda juda sustlik qildilar. Aksincha, shariatni buzib, o‘zlari ularning rojalari va qabila boshliqlari qizlariga uylandilar. Ularga “diniy erkinlik“ nomi bilan sigirdan boshlab quyoshgacha sig‘inaverishlariga qo‘yib berdilar.

Avrangzeb Bahodir rohimahullohni hisobga olmaganda deyarli barcha Boburiylar shariat bilan emas, o‘zlari o‘ylab topgan tushunchalar bilan siyosat olib bordilar. Oqibatda salkam 7 asrlik islom hukmi tugagach, hindlar hokimiyatni qaytarib oldilar.

Bugun islomga qarshi bo‘lgan BJP partiyasi va uning rahbari Modi musulmonlarga ko‘plab zulmlar qilmoqda.
Boburiy podshohlar o‘lib ketdilar, oqibatlari nima bo‘ldi, Alloh biladi. Ular Oxiratga qanchadan-qancha mushrikning musulmon bo‘lishlari ajrini olib ketishlari mumkin edi.

Biroq ularning boyliklari mushriklarga qoldi. O‘zlari esa podshohliklaridan qolgan yerda zamonaviy Hindistonda la’nat bilan eslanadigan bo‘ldilar.
Darhaqiqat, tarix eng yaxshi muallim, biz esa eng yomon talabalarmiz!

(Suratda nima ekanini bilmaganlar uchun: Birlashgan Arab Amirligida Rim Papasi yuz mingdan ziyod nasroniylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. )
Mahmud USMON
Madina Islom universiteti talabasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ushbu surat menga bir haqiqatni eslatib yubordi...