Putinning matbuot kotibining rafiqasida Shveysariya bankida hisob raqami borligi aniqlandi

  • 08 fevral 2019, 12:27
  • 2 749
  • Dunyo
  • Putinning matbuot kotibining rafiqasida Shveysariya bankida hisob raqami borligi aniqlandi
    Foto: «TASS»
    Rossiyalik sportchi Tatyana Navka, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan turmush qurgach, Banque Internationale à Luxembourg Shveysariya filialida hisobini saqlab qolgan bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi «Daryo».

    Chet elda hisob raqam yuritish esa Rossiya qonunlariga zid.

    «Dose» markazida hisob ochilganligi to‘g‘risida hujjatlar bor. Ma’lum bo‘lishicha, hisob 2014 yilning 20 fevral kuni Navka va Peskovning to‘yigacha ochilgan. Noma’lum manbalar jurnalistlarga chet elda hisob raqam ochilgani haqida bildirgi yuborgan. Bildirgi Rossiya soliq idorasiga taqdim etilganligi noma’lum.

    Navkaning Shveysariyadagi hisobi hali ham ochiqligini tekshirish uchun «Dose» unga besh yevro jo‘natgan. Bankda jurnalistlarga to‘lov omadli o‘tgani tasdiqlangan.

    Qonun esa Navkaga, davlat xizmatchisining rafiqasi sifatida chet elda hisob raqam bo‘lishini taqiqlaydi. Navka esa chet elda hisob raqami borligini inkor etmoqda. Dmitriy Peskov esa turmush o‘rtog‘ining hisob raqami AQShda yashagan vaqtida ochilganligini, ammo hozirda ular yopiqligini aytib o‘tgan.

    Mazkur ma’lumot paydo bo‘lganidan bir necha soat o‘tgach, RF Prezidenti Vladimir Putin Bosh prokuratura tomonidan rossiyalik amaldorlarning chet elda xorijiy banklarda hisoblari va jamg‘armalari bor-yo‘qligini tekshirishga imkon beruvchi qonunni imzolaganligi ma’lum bo‘ldi.

    » » Putinning matbuot kotibining rafiqasida Shveysariya bankida hisob raqami borligi aniqlandi