Toj-Mahal hududida xizmat qiluvchi hind politsiyachilari sayyohlarni maymunlardan himoya qilish uchun antiqa qurol – rogatkalar oldilar. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Shu bilan birga sayyohlarga muntazam hujum qiluvchi maymunlarni qirishga Hindiston qonunlari yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli politsiyachilarga xira maymunlarni haydash uchun rogatkalarni qo‘llashga ruxsat berilgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Agrada 10 mingga yaqin maymun bor bo‘lib, bevosita Toj-Mahal atrofida 500-700 maymun yashaydi. Maymunlar tajovuzkor bo‘lishiga qisman sayyohlarning o‘zi ham aybdor: ular maymunlar bilan o‘ynashishadi, ularga yegulik berib, u tugaganda esa maymunlarni haydashga tushishadi.
Hindistonda har oy maymunlarning odamlarga kamida ikki marta hujum qilgani qayd etiladi. 2018 yil mayida Toj-Mahal yaqinida ikki fransiyalik sayyoh makakalar qurboniga aylangan. Keyinroq maymunlar tishlashidan britaniyalik sayyohga kuchli zarar yetgan. Noyabrda esa maymun mahalliy ayolning qo‘lidan emizikli chaqaloqni yulib olib, u bilan birga qochib, uylardan birining tomida tashlab ketgan. Chaqaloq olingan jarohatlardan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi