09:50 / 09.02.2019
4 133

Qozog‘iston qo‘shni davlatlarga benzin eksport qilishni boshlaydi

Qozog‘iston qo‘shni davlatlarga benzin eksport qilishni boshlaydi
Qozog‘iston birinchi yarim yillikda neft mahsulotlarini eksportini boshlashi uchun qonunchilik bazasini tayyorlash ishlarini o‘z yakuniga yetkazishi zarur. Bu haqda energetika vaziri Qanat Bozumbayev ma’lum qildi.

“Shu yil yarim yillikda neft mahsulotlarni eksport qilishni boshlash rejalashtirilmoqda, asosan Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilinadi. Qonunchilik baza yakunlanish arafasida. Vazir o‘rinbosari Bolat Akchulakov tegishli bitimlarni ratifikatsiya qilish va qonunchilikka o‘zgartirish kiritish masalasini nazoratga olishi zarur”, - dedi energika vaziri.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilish loyihalari to‘liq yakuniga yetkazildi.

“Neftni qayta ishlash hajmi 2017 yilga nisbatan 8,6 foizga ortdi va 16,4 million tonnani tashkil qildi. 2019 yilda 17,2 million tonna qayta ishlash rejalashtirilgan. Bu 5 foizga ko‘p”, - dedi Bozumbayev.

Amaldor so‘zlariga qaraganda, 2019 yilda 12,2 million tonna neft mahsulotlar – aviakerosin, dizel yoqilg‘i, benzin va mazut ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

“2018 yil boshidan Ai-92 markali benzin chakana savdo narxi 4 foizga, ya’ni 160 dan 153,4 tangaga kamaydi. Shu yil fevralda Olma-ota shahrida 139 tangani tashkil qildi”, - deb qo‘shimcha qildi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston qo‘shni davlatlarga benzin eksport qilishni boshlaydi