10:15 / 09.02.2019
4 788

"Flamengo" futbolchilari yong‘inda halok bo‘lishdi

"Flamengo" futbolchilari yong‘inda halok bo‘lishdi
Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyroda "Flamengo" klubi futbolchilari vafot etgani munosabati bilan 3 kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.

Ayni shu sabab Karioka Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Flamengo" va "Fluminense" klublari o‘rtasidagi o‘yin ham noma’lum muddatga qoldirilgan.

Ma’lumot uchun, bugun tongda "Flamengo" klubi bazasida yong‘in sodir bo‘ldi va buning natijasida jami 10 nafar inson halok bo‘ldi. Ularning 6tasi 14-17 yosh futbolchilar va qolgan 4tasi mashg‘ulot bazasi xodimlari bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Flamengo" futbolchilari yong‘inda halok bo‘lishdi