00:02 / 10.02.2019
4 912

Turkmaniston parlamenti rahbari: mehribonim, qahramonim, arkadag‘im (video)

Turkmaniston parlamenti rahbari: mehribonim, qahramonim, arkadag‘im (video)
7 fevral kuni Gurbanguli Berdimuhamedov Majlis (parlament) deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi va ular oldiga qonunchilik sohasida bir qator vazifalarni qo‘ydi, deya xabar beradi «Xronika Turkmenistana»ga tayanib Kun.uz nashri.

Davlat rahbari o‘z chiqishini yakunlab, deputatlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishga imkon taqdim etdi. Faqatgina parlament raisi Gulshat Mamedova gapirmoqchi ekanini bildirgan.

Murojaatni o‘qish qulay bo‘lishi uchun «hurmatli Arkadag‘», «aziz Arkadag‘», «qahramon Arkadag‘» va har bir jumladan keyin takrorlangan boshqa gaplar ajratib olindi:

«Hurmatli, Arkadag‘!

Siz o‘zingizning qimmatli vaqtingizni deputatlar bilan uchrashish uchun ajratdingiz, bizga maslahat berdingiz va qonunchilikdagi vazifalarni belgilab oldingiz. Bu biz uchun buyuk yo‘l! Buning uchun chin qalbimdan rahmat aytaman!

Sizning astoydil rahbarligingiz tufayli bizning mustaqil mamlakatimiz yangi yuksaklikka erishdi. Bu sizning g‘amxo‘rligingiz va mehnatsevarligingiz tufayli sodir bo‘ldi. Xalq sizning qudratli rahbarligingiz ostida haqiqiy farovonlikka erishdi. Siz Vatanga muhabbat va xalqqa xizmat qilishning yuksak namunasini namoyish qildingiz. Yuqori maqsadlarga erishish istagi yangi maqsadlarni yaratadi. Shu bois, 1 fevral kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan majlisda siz mamlakatni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlab berdingiz va tarixiy qarorlar qabul qildingiz. Nurli yo‘ldan oldinga intilayotganimizni ta’kidladingiz. Siz 2019 yilni buyuk yutuqlar va muvaffaqiyatlar yili deb belgiladingiz, bu haqiqatan ham shunday. Sizning so‘zlaringiz millionlab yuraklarni birlashtiradi va yuksak maqsadlarga eltadi. Bu maqsad - mamlakatni kuchli, farovon, yuqori rivojlangan, raqobatdosh davlatga aylantirish. Qonunga asoslangan davlat - eng qudratli davlat!

Bugungi chuqur ma’noga ega chiqishingiz har bir inson, har bir oila, xalq haqida qayg‘urishingizni yana bir bor tasdiqladi.

Deputatlar oldiga qo‘ygan mas’uliyatli vazifalaringiz va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatli maslahatingizga asoslanib, biz barcha kuchlarni birlashtiramiz va sizning rahbarligingizda qonunlarni takomillashtirish bo‘yicha ishimizni davom ettiramiz. Vazirlar mahkamasi, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda, biz davlatimiz, xalqimiz, hurmatli prezident, Siz uchun kuch-g‘ayratni ayamaymiz! Siz bizga ishonganingizni aytdingiz! Ishonchingiz bizni kechayu-kunduz ishlashga majbur qiladi! Va biz ishlaymiz!

Bizning qahramonimiz Arkadag‘, sizga mustahkam sog‘liq, farovonlik, yo‘lingizda ishonchli odimlash, barcha buyuk ishlaringizda maqsadlarga erishishingizni tilashga ruxsat bering!».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston parlamenti rahbari: mehribonim, qahramonim, arkadag‘im (video)