Chikagodagi o‘zbek-amerika uyushmasi faollari yordamida Afrika davlatlarida 3 ta ichimlik suvi qudug‘i o‘rnatildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Gap shundaki, Chikagodagi o‘zbek-amerika uyushmasi faollari Kamerun aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashga yordam berdilar.
Chikagoda yashovchi, o‘zgalar muammosiga befarq bo‘lmagan o‘zbeklar “Buloq-3” nomli xayriya loyihasini moliyalashtirish uchun mablag‘ to‘plash bo‘yicha marafonni ishga tushirdilar. Loyiha orqali Afrika mintaqasida suv chiqarish inshootini o‘rnatish belgilangan edi.
2018 yilning avgust oyiga kelib, xayriyachilar 4500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘lganlar. Burg‘ulangan quduq Kamerundagi Bardap aholi punktiga o‘rnatilgan.
Bu uyushma ko‘magida Afrika mamlakatlarida o‘rnatilgan uchinchi quduqdir. Xususan, o‘tgan yil may oyida chuqurligi 4,5 ming metr bo‘lgan artezian qudug‘i Chad respublikasining Vassi qishlog‘ida paydo bo‘lgandi. U yerda 1700 kishi istiqomat qiladi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 750 million kishi toza ichimlik suviga muhtoj, ularning 37 foizi Afrikada yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi