Venesuela Qurolli kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlari polkovnigi Ruben Alberto Pas Ximenes muxolifatchi Xuan Guaydoni davlatning muvaqqat prezidenti sifatida tan oldi.
U YouTube portalida MS2 Noticias kanali orqali videomurojaat yo‘llagan hamda Guaydo mamlakatning yangi rahbari hamda Venesuela Qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni sifatida tan olib, uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Bundan avvalroq Venesuela Harbiy-havo kuchlari generali Fransisko Esteban Yanes Rodriges ham Guaydoni mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi deb tan olib, muxolifat tomonga o‘tgandi.
Venesueladagi qo‘shhokimlik
23 yanvar kuni Venesueladagi muxolifatchilar yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident sifatida e’lon qilgandi. Uni darhol AQSh, Kanada, Lotin Amerikasining aksar davlatlari hamda Yevropa Ittifoqi vakillari yangi prezident sifatida tan olishdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa Venesuela bilan munosabatlarda harbiy ssenariy ham bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?