06:00 / 11.02.2019
5 596

Turkiya Xitoyni uyg‘urlar ushlab turilgan lagerlarni yopishga chaqirdi

Turkiya Xitoyni uyg‘urlar ushlab turilgan lagerlarni yopishga chaqirdi
Turkiya Xitoyni etnik uyg‘urlar huquqlarini hurmat qilish va ularni majburiy ushlab turish uchun mo‘ljallangan lagerlarni yopishga chaqirgan. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi vakili Hami Oqsoy ma’lum qildi.

“Milliondan ko‘proq uyg‘urlar turmalar va konslagerlarda majburiy ushlab turish, qiynoq, mafkuraviy qayta ishlash siyosatiga to‘qnash kelishdi. Xitoydan tashqarida, jumladan Turkiyada yashovchi uyg‘urlar vatanlaridagi yaqinlari va qarindoshlari haqida ma’lumot olisha olmayapti. XXI asrda yana konslagerlar paydo bo‘lishi holati butun insoniyat uchun sharmandalikdir. Xitoy hukumatini etnik uyg‘urlarning huquqlarini hurmat qilish va konslagerlarni yopishga chaqiramiz”, deb aytgan Oqsoy.

Turkiya vakili uyg‘ur shoiri, avvalroq Xitoy sudi tomonidan 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Abdurahim Hayitning o‘limiga izoh berib, oxirgi ikki yil davomida Xitoyda uyg‘urlar va boshqa musulmon jamoalariga bosim kuchayganini qayd qilib o‘tgan.

“Uyg‘urlar masalasi Turkiya tomonidan Xitoy bilan muzokaralarda muntazam ko‘tariladi. Xalqaro hamjamiyat va BMT bosh kotibi gumanitar fojianing oldini olish uchun samarali qadamlar qabul qilishlari lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Oqsoy.

2018 yil avgust oxirida BMTning irqiy tahqirlashga barham berish bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassislari o‘z hisobotlarida Xitoyning Sinszyan-Uyg‘ur muxtor tumanidagi “qayta tarbiyalash lagerlari”da millionga yaqin uyg‘ur ushlanib turilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Bunga javoban Xitoy keltirilgan ma’lumotlar hech nima bilan asoslanmaganligi va haqiqatga mos emasligini hamda mamlakatda irqiy tahqirlash borasida barcha xalqaro majburiyatlar bajarilishini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Xitoyni uyg‘urlar ushlab turilgan lagerlarni yopishga chaqirdi