Coca-Cola kompaniyasi 10 yil ichida ilk bor yangi ichimlik chiqardi. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qildi.
25 fevralda sotuvga kompaniyaning Orange Vanilla deb nomlangan ushbu ichimligi sotuvga chiqadi. Yangi ichimlik apelsin va vanil ta’mli bo‘ladi.
Kompaniyaning brend-direktori Keyt Karpenterning aytishicha, antiqa aralashma mevali-apelsinli muzqaymoqni eslatadi. “Biz betashvish yozgi kunlar haqidagi ijobiy xotiralarni qaytarishga qaror qildik”, deb aytgan Karpenter.
Ma’lum qilinishicha, kompaniya boshqa ta’mlarni, jumladan, malinali, limonli ta’mlarni sinab ko‘rgan, biroq degustatorlarga aynan vanil va apelsin aralashmasi yoqqan.
Hozirda kompaniya Coca-Cola, Diet Coke, Fanta, Schweppes va Sprite nomli salqin ichimliklar ishlab chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi