12:03 / 11.02.2019
4 880

Maduro Venesuela tarixidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarga start berdi

Maduro Venesuela tarixidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarga start berdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 10 fevral kunduzi mamlakat tarixidagi eng yirik fuqarolik-harbiy mashg‘ulotlari – “Angosturaning ikki yuz yilligi 2019”ga start berdi. Unda qurolli kuchlardan tashqari, xalq qo‘shinlari ham ishtirok etadi.
Mashg‘ulotlar oldidan Maduro poytaxt Karakas yaqinidagi Miranda shtatiga kelib, harbiy texnika namunalari bilan tanishdi.

Mashg‘ulotlar 10 fevraldan 15 fevralgacha o‘tadi. Maduro o‘z nutqida ta’kidlaganidek, bu mashg‘ulotlar mamlakatning 200 yillik tarixidagi eng yirigi bo‘ladi.

Mashg‘ulotlar 1819 yil 15 fevralda Simon Bolivar tashabbusi bilan Venesuelaning ispan hukmronligidan ozod qilingan viloyatlari poytaxti bo‘lgan Angosturada chaqirtirilgan kongressning 200 yilligiga bag‘ishlangan. O‘shanda kongress Venesuelaning mustaqilligini e’lon qilib, Bolivarni vaqtinchalik prezident etib tayinlagan.

Maduro ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishish vaqtida mamlakat harbiy qudratini oshirish bilan shug‘ullanishini ta’kidlab o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maduro Venesuela tarixidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarga start berdi